"Aston Villa" "Manchester Yunayted" sobiq markaziy himoyachisi Viktor Lindelyof transferini e'lon qildi.

Klub kelishuv qancha muddatga tuzilganini aniqlashtirmagan.

Avvalroq, 31 yoshli shvetsiyalik futbolchi 2+1 ko'rinishida shartnomaga qo'l qo'yishi ma'lum bo'lgandi. Lindelef hozirda Transfermarkt portalida 8 million evroga baholangan.