Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, «Aston Villa» «Bavariya»ning sobiq yarim himoyachisi Leon Goretskani transfer qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

31 yoshli germaniyalik futbolchi «Bavariya»ni tark etgach, erkin agent maqomida turibdi. Ayni paytda tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 12 million evroga baholamoqda.

O'tgan mavsumda Goretska barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz