"Aston Villa" g'alabali seriyasini uzaytirdi.

Unai Emeri jamoasi Premer-liganing 16-turida "Vest Xem"ni mag'lub etdi (3:2).

Bu barcha turnirlardagi ketma-ket 9-g'alaba. Oxirgi marta ular 1 noyabr kuni APLda "Liverpul"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

21 dekabr kuni "Aston Villa" Angliya chempionatida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.