"Aston Villa" g'alabali seriyasini uzaytirdi.

Unai Emeri jamoasi Evropa Ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Bazel"ni mag'lub etdi (2:1).

Bu barcha turnirlardagi ketma-ket 8-g'alaba. Birmingemliklar oxirgi marta 1 noyabr kuni APLda "Liverpul"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

14 dekabr kuni "Aston Villa" Premer-liganing 16-turida "Vest Xem" mehmoni bo'ladi.