"Aston Villa" jiddiy yo'qotishlarga uchradi

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Birmingem jamoasining jarohat olgan ba'zi futbolchilarining holati haqida gapirdi.
"Biz Kamarp, Makginn va Tilemans haqida bilamiz. Kamara uzoq muddatga safdan chiqdi, menimcha, u bu mavsumda boshqa o'ynamaydi. Makginn taxminan 6-8 haftaga, Tilemans esa 8-10 haftaga safdan chiqdi," - deya Emerining so'zlarini keltiradi The Independent.
"Aston Villa" Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Arsenal"dan birmingemliklar 4 ochko ortda qolmoqda.
"Aston Villa" keyingi o'yinini 29 yanvar kuni Evropa Ligasi doirasida "Red Bull Zaltsburg"ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.