«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins Evropa ligasi finalida «Frayburg» ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng, bosh murabbiy Unai Emerining o'yindan oldin jamoaga nimalar degani haqida gapirib berdi.

«Bugun Evropa ligasi finaliga tayyorgarlik ko'rish jarayonida Emeri butunlay xotirjamlikni saqlab qoldi. Ba'zida chempionat o'yinlarida g'alaba qozonish ishtiyoqida murabbiy biroz hayajonlangan va harakatchan bo'lib qoladi. Ammo bugun Unai juda vazmin edi va menimcha, uning bu xotirjamligi bizga ham ko'chdi», — deya Uotkinsning so'zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.