"Aston Villa" futbolchisi taqdiri tez orada hal bo'ladi

"Liverpul" futbolchisi haqida jiddiyroq bosh qotirishi kerak. Xabarlarga ko'ra, "Aston Villa"da ijara asosida harakat qilayotgan yarim himoyachi Xarvi Elliot taqdiri yanvar oyida hal bo'ladi. 22 yoshli futbolchi "Liverpul"ga qaytarib yuborilishi mumkin.
U bu mavsumda 7 marta maydonga tushirilgan edi. Elliot yozda doimiy transfer ham qilinishi mumkin. "Aston Villa" buni istasa, "Liverpul" hisob-raqamiga 30 million funt o'tkazib berishi talab etiladi.
Manba: newsnow.co.uk