«Aston Villa» Duglas Luisni sotib olishdan voz kechdi

Yarim himoyachi Duglas Luis mavsum yakunlangach, «Yuventus»ga qaytadi. The Athletic nashrining xabar berishicha, «Aston Villa» braziliyalik futbolchini 25 million evroga sotib olish huquqidan foydalanmaslikka qaror qilgan.
28 yoshli futbolchi qishki transfer oynasi vaqtida Birmingem klubiga mavsum oxirigacha ijara asosida kelgan edi. Kelishuvda uni doimiy asosda transfer qilish imkoniyati ko'zda tutilgan bo'lsa-da, «Villa» rahbariyati bu variantni rad etdi. Endi Duglas Luis «Yuventus» ixtiyoriga qaytishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Duglas APLning o'tgan mavsumida 21 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Evropa ligasining 10 ta uchrashuvida esa o'z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.