"Aston Villa"da 1919 yildan buyon bunday muvaffaqiyatli natija qayd etilmayotgan edi

"Aston Villa" Angliya chempionatining 15-turida "Arsenal"ni mag'lub etdi (2:1) va APLdagi so'nggi o'nta o'yinning to'qqiztasida g'alaba qozondi.
Opta xabariga ko'ra, klub 1919 yil dekabridan beri birinchi marta mavsumda o'nta o'yinda to'qqizta g'alabaga erishdi.
"Aston Villa" 30 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda 14 dekabr kuni "Vest Xem"ga qarshi bahs olib boradi.