"Aston Villa" APL 5-turida "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"da - g'alabasiz beshinchi o'yin

Londondagi "Tottenxem Xotspur" stadionida kechgan bahsda Semyuel Barrott bosh hakam sifatida ishladi. Birmingem jamoasi 3:2 hisobida g'alabani qo'lga kiritdi.
45+4-daqiqada "Aston Villa" yarim himoyachisi Yoxan Manzambi hisobni ochdi. 67-daqiqada birmingemliklar hujumchisi Nikolas Jekson jamoasining ustunligini oshirdi. 79-daqiqada Emiliano Buendiya "Tottenxem" darvozasiga uchinchi golni urdi. "Shporlar" yarim himoyachisi Konor Gallaxer 86-daqiqada javob to'pini kiritgan bo'lsa, londonliklarning ikkinchi golini 90+8-daqiqada Yan Paul van Xekke o'z hisobiga yozib qo'ydi.
“Tottenxem Xotspur" - "Aston Villa" 2:3
Gollar: Gallaxer 86, van Xekke 90+8 - Manzambi 45+4, Jekson 67, Buendiya 79.
APLning beshta turidan so'ng "Tottenxem" 2 ochko to'plab, 18-o'rinni egallab turibdi. "Aston Villa" esa 4 ochko jamg'arib, 15-pog'onada bormoqda.
Keyingi turda "shporlar" 10 oktyabr kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushishadi, birmingemliklar esa shu kuni "Brentford" bilan kuch sinashishadi.
Kommentariyalar