Braziliyaning "Gremio" klubi vingeri Edvard Alisson faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bolavip Brasil xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Aston Villa" allaqachon 19 yoshli futbolchini sotib olish bo'yicha taklif yuborgan. Bitim summasi 12 million evroni tashkil etishi mumkin.

2025 yilda Alisson barcha turnirlarda 43 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Alissonning "Gremio" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali vingerning narxini 5 million evroga baholamoqda.