«Aston Villa» 60 million evrolik transferni kelishib oldi

«Frayburg»ning markaziy yarim himoyachisi Yoxan Manzambi faoliyatini «Aston Villa»da davom ettiradi. Bu ma'lumotni insayder Fabritsio Romano e'lon qildi.
Manba xabarlariga ko'ra, klublar 20 yoshli shveytsariyalik futbolchining 60 million evrodan ortiqroq summaga transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Qayd etilishicha, «Aston Villa» futbolchining o'zi bilan ham shartnoma borasida kelishib olgan. Rasmiy e'lonni yaqin vaqt ichida kutish mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Manzambi barcha turnirlarda 47 ta o'yin o'tkazib, ettita gol urdi va to'qqizta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ta'kidlash joizki, yarim himoyachi 2026 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etdi. U to'rtta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar