Angliyaning «Aston Villa» klubi rasmiy sayti orqali Braziliyaning «Gremio» jamoasi hujumchisi Alissonning transferini e'lon qildi.

Istiqbolli yosh vinger Portu-Alegri shahri klubi akademiyasida tarbiyalangan bo'lib, 2024 yil iyul oyida asosiy jamoa safida debyut qilgan. O'tgan mavsumda Alisson «Gremio»ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib, ligada 34 ta uchrashuv o'tkazdi.

«Xush kelibsan, Alisson!» — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, klub 19 yoshli futbolchi uchun 15 million evro to'lashga tayyor bo'lgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 8 million evro deb baholaydi.

Manba: championat.com
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.