Senegal futbol federatsiyasi "Komo" hujumchisi Assane Diao Afrika Kubogini o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

"Milliy terma jamoa tibbiyot xodimlari tomonidan bugun o'tkazilgan tekshiruv natijasida sonning ikki boshli mushaklari shikastlangani aniqlandi, natijada u Afrika Millatlar Kubogi uchun kurashdan chetlashtirildi", - deyiladi federatsiya xabarida.

Afrika kubogi 21 dekabrdan 18 yanvargacha Marokashda bo'lib o'tadi. Senegal terma jamoasi Kongo DR, Benin va Botsvana terma jamoalari bilan bir guruhda o'ynaydi.