Asror Aliqulov «Sho'rtan» bosh murabbiyiga aylandi

«Sho'rtan» futbol klubi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. Shu kungacha jamoaning bosh murabbiyi vazifasini bajarib kelgan Eldor Moyliev lavozimidan ozod etildi.
Klub rahbariyati qaroriga ko'ra, jamoaga bosh murabbiy etib Asror Aliqulov tayinlandi. U bilan joriy mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolandi.
Shu bilan birga, Eldor Moyliev klub murabbiylar shtabida o'z faoliyatini davom ettiradi.
«Sho'rtan» PFK matbuot xizmati.
Manba: https://t.me/shurtanpfc