Ashurmatov: «Portugaliya hozir Ronaldusiz kuchliroq»

O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov jurnalistlar bilan suhbatda Portugaliya terma jamoasi va ularning yulduz markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrini bildirdi.
«Portugaliya hozir Krishtianusiz kuchliroq. Uni asosiy tarkibda ko'rishni xohlaymanmi? Menga farqi yo'q. Biz har ikkala variantga ham tayyorgarlik ko'ramiz. Va o'zimizga bog'liq bo'lgan hamma narsani qilishga harakat qilamiz», — dedi futbolchi.
JCh-2026 guruh bosqichida O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DR milliy jamoalari bilan to'qnash keladi. Mundialdagi debyut uchrashuvida o'zbekistonliklar kolumbiyaliklarga qarshi maydonga tushishadi. Bahs 18 iyun kuni bo'lib o'tadi.