Ashraf qamalishi mumkin: Mbappe sudda guvohlik beradi

«PSJ» klubi va Marokash milliy terma jamoasi yulduz qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy zo'rlash ayblovi bilan sud qarshisida javob beradigan bo'ldi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Jurnalistlarning bergan ma'lumotlariga ko'ra, marokashlik futbolchining tomoni sud qarori yuzasidan apellyatsiya bergan edi, biroq u rad etildi. Shundan so'ng Hakimiyning ishi jinoiy ishlar bo'yicha sudga oshirildi va u erda qayta ko'rib chiqiladi.
E'tiborli jihati shundaki, mazkur sud majlisiga Madridning «Real» klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe ham guvoh sifatida chaqiriladi.
Eslatib o'tamiz, bundan uch yil avval Ashraf Hakimiyga nisbatan bir qizni zo'rlaganlik ayblovi qo'yilgan edi.
Ayni paytda Hakimiy Marokash terma jamoasi safida JCh-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda.
Manba: Stadion.uz