Asensio "PSJ"dan "Fenerbaxche"ga o'tgani haqida fikr bildirdi

Ispaniyalik vinger Marko Asensio "PSJ"dan "Fenerbaxche"ga o'tishi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 7,5 million evrolik transfer 2025 yil sentyabr oyida amalga oshirilgan.
"Mavsum yaxshi boshlandi, keyin jarohat tufayli 2 oyga safdan chiqdim, ammo barchasini muvaffaqiyatli yakunladik. Keyingi mavsum ham yaxshi boshlandi, ammo bir kechada murabbiyning mehrini yo'qotdim. Futboldan zavq olishni xohladim, shuning uchun yo'l izlay boshladim," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Marca.
"Menga ma'lum bo'lishicha, aniq hech narsa sodir bo'lmagan. Balki u bu savolga javob bera olar. Men Luis Enrikeni yaxshi bilaman. Boshqa o'yinchilar va xodimlar bilan ham shunday bo'lgan. O'z navbatida, men gina saqlamayman. Professional futbolda shunday bo'lishi mumkin - vassalom."
Joriy mavsumda futbolchi klub miqyosida 14 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 1 dekabr oqshomida uning jamoasi musobaqa peshqadami "Galatasaroy" bilan kuch sinashadi, jamoalarni 1 ochko ajratib turibdi.