Asensio «Bavariya»ga qarshi Chempionlar Ligasi javob o'yinini o'tkazib yuboradi

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio navbatdagi muhim uchrashuvda «qaymoqranglilar»ga yordam bera olmaydi. Ispaniyalik futbolchi EChL chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi kechadigan javob o'yini uchun «qirollik klubi» qaydnomasidan o'rin olmadi.
Marca nashrining xabar berishicha, Asensioga gastroenterit (oshqozon-ichak yallig'lanishi) tashxisi qo'yilgan.
Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ygan edi.
«Real» va «Bavariya» o'rtasidagi javob uchrashuvi ertaga, 15 aprel kuni Germaniyada bo'lib o'tadi.