AS: Zidan yozda Frantsiya terma jamoasini qabul qilib oladi

Dide Desham ketganidan keyin Zinedin Zidan Frantsiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi, deb yozadi AS.
Manbaga ko'ra, 53 yoshli mutaxassisning ushbu lavozimga tayinlash bo'yicha kelishuvi bor, shuning uchun u boshqa barcha takliflarni, jumladan, "Real" va "Fenerbahche" takliflarini rad etgan.
Qayd etilishicha, yanvar oyida JCh-2026dan keyin Frantsiya terma jamoasini tark etishini e'lon qilgan 57 yoshli Desham Saudiya Arabistoni klublari bilan kelasi mavsumda ishlash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.