Rimning "Roma" klubi hujumchisi Artyom Dovbik faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

FootItalia xabariga ko'ra, 28 yoshli ukrainalikni "Vest Xem" qishda qo'lga kiritmoqchi.

Rimliklar futbolchi uchun 30-35 million evro olmoqchi. Londonliklar agarda to'liq transfer bo'yicha kelisha olmasa, ijara variantini ko'rib chiqadi.

Joriy mavsumda Dovbik 4 ta o'yinda golli harakatlar amalga oshirmadi.