Londonning "Arsenal" klubi ustozi Mikel Arteta jamoa vingeri Gabriel Martinellining "Portsmut"ga qarshi kubok bahsida ko'rsatgan o'yiniga baho berdi. Braziliyalik futbolchi uchrashuvda 3 ta gol urdi.

"Martinelli maydonda hamma narsani ko'rsatmoqda. Bu uchrashuvda u xet-trik qayd etdi, keyingi mashg'ulotda esa 100 foiz kuchi bilan harakat qiladi. Futbolda ko'p narsa ishga bo'lgan munosabatingga bog'liq," - deya izoh berdi mutaxassis matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, "kanonirlar" kubok bahsida 4:1 hisobida zafar quchdi.

Martinelli 2025/2026 yilgi mavsumda 24 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.