"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaga hujumchi Kay Xaverts juda etishmayotganini tan oldi.

Hujumchi jarohati tufayli mavsumning birinchi yarmini o'tkazib yubordi.

"Bizga u juda etishmayapti. U safimizga qaytdi va endi uning jismoniy holatini ushlab turishimiz kerak, chunki u biz uchun juda muhim o'yinchi," - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Joriy mavsumda 26 yoshli germaniyalik futbolchi APLda atigi bitta, Angliya Kubogida esa bitta o'yin o'tkazdi.