Kuni kecha "Arsenal" hujumchisi Kay Xaverts yana jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgani ma'lum bo'ldi. Bu borada London jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta izoh berdi.

"Jarohatning qanchalik jiddiyligini hali bilmaymiz. Bizga biroz vaqt va bir nechta testlar kerak - shundan so'ng vaziyat oydinlashadi. Tafsilotlarni gapirmaslikni afzal ko'raman. Vaziyatni batafsilroq o'rganib, nima qilish kerakligini hal qilish kerak.

Xaverts qancha vaqtni o'tkazib yuborishini bilmayman. Uning ertagayoq maydonga tushishini istardim," - dedi Arteta jurnalistlarga.