Arteta: "Uning ko'rsatkichlari aql bovar qilmas darajada"

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi yarim himoyachisi Martin Subimendi haqida iliq fikrlar bildirdi.
"Juda ta'sirli, chunki men bu ligaga darhol kelish va u qilayotgan ishni qilish qanchalik qiyinligini bilaman. Birinchidan, jamoada o'z o'rniga ega bo'lish kerak, bu esa oson emas. Keyin - boshqa o'yin uslubi, boshqa liga. Ammo, siz aytganingizdek, uning xatti-harakatlari va o'yindagi ishtiroki nihoyatda xilma-xil. Uning himoyadagi ko'rsatkichlari aql bovar qilmas darajada va men buni ko'rsata olishiga shubha qilmaganman, ammo bu Premer-liga va buni isbotlash kerak," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi "Arsenal" rasmiy sayti.
Subimendi 2025 yilning yozida "Real Sosedad"dan "Arsenal" futbolchisiga aylangandi. Hozirda futbolchi "Arsenal" safida mavsumda 20 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.