Arteta: "Ular bilan faxrlanaman"

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-liga doirasidagi "Brentford"ga (2:0) qarshi o'yinga munosabat bildirdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Mikel Merino "kanonirlar"ni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 91-daqiqada Bukayo Saka yakuniy natijani qayd etdi.
"Brentford"ga qarshi o'ynash har doim noqulay. Bu raqib bilan 1:0 etarli bo'lishi mumkin emas, ammo bugun, menimcha, ustunlik qildik va ko'proq xavfli vaziyatlar yaratdik. Men juda mamnunman. Tig'iz taqvim tufayli tiklanish uchun vaqtimiz bo'lmadi, ammo futbolchilar yana o'zlari istagan natijaga erishishdi va men ular bilan faxrlanaman," - dedi Arteta Sky Sports’ga bergan intervyusida.