"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Brayton" hujumchisi Denni Uelbek haqida fikr bildirdi.

Futbolchi sobiq jamoalariga qarshi gol urishdan zavq oladi.

U dam olish kunlari "Manchester Yunayted"ga qarshi gol urdi. "Umid qilamanki, Uelbek ertaga gol urmaydi.

Men u uchun juda xursandman. Biz jamoadoshlar edik va faoliyatimiz davomida birga yaxshi va qiyin damlarni boshdan kechirdik.

Uning hozir qilayotgan ishlari hurmatga loyiq", dedi Arteta matbuot anjumanida.