"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta vinger Leandro Trossard haqida o'z fikrini bildirdi.

Belgiyalik futbolchi 2025 yilda "kanonirlar"ning Premer-ligadagi eng yaxshi to'purari va golli uzatma beruvchisi bo'ldi.

"Menimcha, Trossard har mavsumda yaxshilanmoqda. U juda aqlli o'yinchi, g'alaba qozonishga katta ishtiyoqi bor.

U o'z rolini topdi va o'ziga ishonchni qozondi. Leandro maydonda sehr yaratishi mumkin", dedi Arteta matbuot anjumanida.