Arteta «Sporting»ning bosimiga qanday javob qaytarmoqchi?

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Sporting»ga qarshi javob uchrashuvida o'z futbolchilarida qaysi xislatni ko'rishni istayotganini aytdi.
Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, eng asosiysi — raqibdan qo'rqmasdan, maydonga ko'zlarida yonib turgan ishtiyoq bilan tushishdir.
«O'yinchilarimda nimani ko'rishni istayman? Hech qanday qo'rquv emas, faqat olov! Tamom. Men futbolchilarda ham, atrofimizdagi odamlarda ham aynan shuni ko'rishni xohlayman», — deya Artetaning so'zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Uning qo'shimcha qilishicha, lissabonliklar o'z maydonidagi 0:1 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng vaziyatni o'nglash uchun maydonda dominantlik qilishga intilishadi. «Arsenal»ning vazifasi esa bunga yo'l qo'ymaslikdir, deya xulosa qildi Arteta.