Arteta: «Shanba kuni biz Chempionlar ligasida g'olib chiqamiz»

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta o'z jamoasining kuchiga ishonchi komil. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, «kanonirlar» bo'lajak Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ni mag'lub eta olishadi.
«Shanba kuni biz Evropa chempionlariga aylanamiz!» — Artetaning bu so'zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada «Arsenal» Angliya chempioni bo'lgan edi. «Kanonirlar» 2004 yildan beri ilk bor Premer-liga titulini qo'lga kiritishdi.
Chempionlar ligasining final uchrashuvi shanba kuni, 30 mayda Budapeshtda bo'lib o'tadi.