Arteta "Sanderlend" futbolchisi haqida: "Men uni eng yaxshi futbolchilaridan biri deb bilaman"

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Sanderlend" yarim himoyachisi Granit Jaka haqida fikr bildirdi.
"Uning jamoaga qo'shgan hissasini hisobga olsak, men uni eng zo'rlardan biri deb aytgan bo'laman" - dedi Arteta matbuot anjumanida.
Jaka "Sanderlend"ga 2025 yilning yozida kelib qo'shilgan. U avvalroq "Bayer"da ikki mavsum o'tkazgan va u bilan bir marta Germaniya chempionligini qo'lga kiritgan.
"Arsenal" o'zining navbatdagi o'yinini "Sanderlend"ga qarshi o'tkazadi, bu o'yin 8 noyabr kuni mehmonda bo'lib o'tadi. "Arsenal" ayni damda APLda peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o'rindan 6 ochko oldinda. “Sanderlend” 18 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.