"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Uilyam Saliba bilan shartnoma uzaytirilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Avvalroq Saliba "kanonirlar" bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

"Saliba bilan yangi shartnomami? Umid qilamanki, bu sodir bo'ladi.

U o'z yoshiga nisbatan juda talabchan. Ba'zida uning qanchalik yoshligini unutib qo'yamiz. Yildan yilga u, ayniqsa Gabriel bilan, qolaversa, darvozabon va boshqa himoyachilar bilan mustahkam aloqa o'rnatdi.

Har safar gaplashganimizda, u biz bilan qolishni xohlashini tushunaman. Bu o'yinchining o'zini qadrlashini anglatadi", dedi murabbiy matbuot anjumanida.