Arteta Sakaning safga qaytganiga munosabat bildirdi

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta vinger Bukayo Sakaning jarohatdan so'ng safga qaytgani haqidagi savolga javob berdi. 24 yoshli ingliz futbolchisi 22 martdan beri ilk bor maydonga tushdi — u Premer-liganing shanba kungi «Nyukasl»ga qarshi bahsi yakunida zaxiradan o'yinga qo'shildi.
«Ajoyib. U maydonda o'tkazgan daqiqalari ichida o'yinga o'z ta'sirini o'tkazishga ulgurdi. Bukayo yaxshi va tetik ko'rinmoqda. Uning maydonda paydo bo'lishi jamoaga alohida ta'sir qilishini albatta sezasiz. Hozir bizga bu juda zarur. U yuklamalarni qanday qabul qilishini kuzatamiz. Mavsumning eng muhim pallasi keldi va u jangga kirishishga intilmoqda», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
«Kanonirlar» 9-daqiqada Eberechi Eze tomonidan kiritilgan gol evaziga «qarg'alar» ustidan minimal hisobda g'alaba qozonishdi.