Mikel Arteta Bukayo Saka jarohati tufayli bir necha haftani o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

Bukayo Saka va Martin Edegor APLning o'tgan turida "Lids"ga qarshi o'yinda (5:0) jarohat olishgandi.

31 avgust kuni "Arsenal" safarda "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.

"Bukayo Saka o'zini yaxshi his qilmoqda, ammo afsuski, u bir necha haftaga safdan chiqdi. Operatsiyaga hojat yo'q. Hammasi o'tgan safargidek yomon emas.

Albatta, uning jarohat olgani juda achinarli. Yaqin kunlar va haftalarda u o'zini qanday his qilishini ko'ramiz.

Martin Edegor hali mashq qilgani yo'q, boshlasa, ertaga boshlaydi. Ko'ramiz. U qo'lidan kelgan hamma ishni qiladi. U ["Liverpul"ga qarshi o'yinga] tayyor bo'lishi uchun qo'limizdan kelganini qilyapmiz," - dedi "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta.