Arteta Raysni dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri deb hisoblashini aytdi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Deklan Rays darajasi haqida gapirdi.
26 yoshli futbolchi "Bornmut"ga qarshi kechgan so'nggi o'yinda dubl qayd etib, qahramonga aylandi. Uchrashuv 3:2 hisobida "kanonirlar"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
"Rays dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilar qatoridami? Men uchun - ha. O'yinchilarimizni eng yaxshi deb bilaman. Deklan ba'zi jihatlarda o'sishga qodir, ammo men uning chegarasini ko'rmayapman, chunki u doimiy ravishda takomillashib bormoqda," - dedi Arteta matbuot anjumanida.