Mikel Arteta faoliyatida ilk bor Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.

Ispaniyalik mutaxassis qo'l ostidagi «Arsenal» Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida «Atletiko» ustidan g'alaba qozondi (1:0, birinchi o'yin – 1:1) va keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Arteta ilk bor Chempionlar ligasi finalida ishtirok etadi — bunga qadar u na murabbiy va na futbolchi sifatida ushbu turnirning hal qiluvchi bahsigacha etib bora olmagan edi.

Musobaqaning bosh sovrini uchun kechadigan o'yinda London jamoasi «PSJ» yoki «Bavariya» bilan to'qnash keladi.