Arteta muammolarni hisobga olgan holda "Arsenal"ning o'yinlarini yuqori baholaydi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Sanderlend"ga (2:2) qarshi o'yindan so'ng jamoasining mavsumdagi o'yinlari haqida gapirdi. "Kanonirlar" 26 ochko bilan Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda.
"Hech qanday shikoyat yo'q. Oxirgi 10 ta o'yinda g'alaba qozondik, gol o'tkazib yubormadik. 7 nafar futbolchi jarohat olgan bo'lsa-da, jamoa fenomenal natijalar va o'yin ko'rsatmoqda.
Joriy mavsumga baho? Men aytib o'tgan sabablarga ko'ra, biz juda kuchli pozitsiyaga egamiz. Ko'plab o'yinlarda gol o'tkazib yubormadik, ammo hujum chizig'ining ettita asosiy o'yinchisi jarohat olgan, bu esa rotatsiyani qiyinlashtiradi," - dedi Arteta BBC’ning Match of the Day dasturida.
"Arsenal"ni oldinda ketma-ket uchta katta o'yin kutmoqda - "Tottenxem", "Bavariya" va "Chelsi."