Arteta Madueke haqida fikr bildirdi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi vingeri Noni Madueke haqida fikr bildirdi.
"Umid qilamanki, Bukayo Saka va Noni eng yaxshi formada bo'ladigan kun keladi. Biz buni xohlaymiz va u bizda borligidan juda xursandman. Uning terma jamoadagi yutuqlariga nazar tashlab, juda mamnun bo'ldim. Demak, u haqiqatan ham yaxshi. U hozir juda, juda yaxshi holatda," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi "Arsenal" matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, Madueke xalqaro tanaffusda Angliya terma jamoasi safida Serbiya darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldi. Belgraddagi o'sha o'yin 5:0 hisobida inglizlar foydasiga hal bo'ldi.