Arteta: "Ko'pincha mavsumni shunday lahzalar hal qiladi"

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Eberechi Ezening "kanonirlar"ga g'alabani ta'minlagan goli haqida fikr bildirdi.
27 yoshli ingliz futbolchisi 39-daqiqada sobiq jamoasiga qarshi gol urdi.
Mezbon jamoa Premer-liga jadvalidagi etakchiligini saqlab qoldi va ustunlikni oshirdi. "Buyuk o'yinchilar shunday qilishadi va Eze ham shunday qiladi. Ko'pincha mavsumni shunday lahzalar hal qiladi", dedi Arteta matbuot anjumanida.