Arteta Kloppning APLdagi natijasini takrorladi

Mikel Arteta APLda bosh murabbiy sifatida 300-o'yinini o'tkazdi.
Uning qo'l ostidagi "Arsenal" 7-turda "Vest Xem"ni mag'lub etdi (2:0).
Ushbu g'alaba ispaniyalik mutaxassis uchun Angliya chempionatidagi 177-g'alaba bo'ldi. Dastlabki 300 o'yinda shuncha marta Yurgen Klopp ("Liverpul") g'alaba qozongan.
Faqat Pep Gvardiola (219 g'alaba "Manchester Siti" bilan), Joze Mourino (196 g'alaba "Chelsi" bilan) va Kenni Dalglish (185 g'alaba "Liverpul" bilan) ko'proq g'alabaga erishgan.