Arteta Kimmixning so'zlariga munosabat bildirdi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmixning yaqinda bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi.
Chorshanba kuni "kanonirlar" myunxenliklarga mavsumdagi ilk mag'lubiyatni taqdim etishdi - 3:1. Uchrashuv yakunlangach, Kimmix "Arsenal" "Bavariya"ning joriy mavsumdagi eng qiyin raqibi emasligini aytdi. Germaniyalik futbolchi "PSJ"ni London grandidan yuqori baholadi.
"O'ylashimcha, ularning "PSJ"ga qarshi o'yinida juda o'xshash manzara kuzatildi - barchasi shaxsiy qarama-qarshiliklardan iborat bo'ldi. Kimmix nimani nazarda tutganini tushunaman. Hammasi joyida. Bu o'yinning bir qismi. Masala faqat uslubda," - dedi Arteta matbuot anjumanida.
Yakshanba kuni "Arsenal" Premer-liga doirasida "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi.