Arteta Kalaforining noyob fazilatini aytdi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining chap qanot himoyachisi Rikardo Kalaforining o'ziga xos hislatini aytdi.
"Rikki jamoaning hujum qilishida muhim rol o'ynaydi. Va uning o'ziga xos xususiyatlari bor - bo'sh hududlarni egallash, golli vaziyatlar yaratish. Ehtimol, bu uni boshqa qanot himoyachilaridan ajratib turadi. Hozir u sog'lom va erkin", - dedi Arteta "Lids"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Kalafori dekabr oyi oxiridan yanvar oyi oxirigacha jarohatini davolagan edi. Hozirda italiyalik himoyachi yana maydonga tushishga tayyor. Rikardo 2024 yilning yozida Evropa chempionatidan so'ng "Arsenal" futbolchisiga aylangandi.