Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Rikardo Kalaforining o'yini haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik murabbiy italiyalik futbolchining kerakli vaqtda hujumga qo'shila olishini alohida qadrlashini tan oldi.

"U bu hissiyotga, vaziyatni his qilish va raqibga zarar etkazish uchun ochilishi mumkin bo'lgan zonalarni aniqlash qobiliyatiga ega. Bunga qarshi turish qiyin va u buni tabiiy ravishda, o'z bilganicha qiladi", - dedi Arteta matbuot anjumanida.

Bugun "kanonirlar" Premer-liga doirasida "Aston Villa" mehmoni bo'ladi.