Arteta Jezusning safga qaytishiga munosabat bildirdi

Hujumchi Gabriel Jezus 2025 yil boshida tizzasidan olgan og'ir jarohatidan so'ng safga qaytdi. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida braziliyalik futbolchi haqida fikr bildirdi.
"Hozir hammasi Jezusning kundan-kunga, boshqa muhitda qadam tashlashi bilan bog'liq. Endi uning atrofida raqobatbardosh o'yinchilar bor. Ko'ramiz, u bunga qanday dosh bera oladi. Men uning jamoadoshlarining munosabatidan juda mamnunman", - dedi Arteta matbuot anjumanida.
Avvalroq OAVda Jezus qishki transfer oynasida "Arsenal"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.