"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Gabriel Jesusni sotishga qarshi chiqdi.

"Men bu variantni ko'rib chiqmayapman, ayniqsa hozirgi vaziyatni hisobga olsak. Menimcha, Gabriel jamoaga ko'p narsani taklif qilishi mumkin va u maydonga qaytishga muvaffaq bo'lgan paytdan boshlab buni isbotladi.

U bu pozitsiyaga qaytish uchun nihoyatda ko'p mehnat qildi va endi asosiysi biz bilan birga bo'lish", - deya Artetaning so'zlarini keltiradi "Arsenal" matbuot xizmati.