"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jarohat olgan Kay Xaverts va Gabriel Jezusning holatiga izoh berdi.

"Xavertsning ko'rinishi juda yaxshi. U bemalol yuradi va nimadir qila oladi. Unga operatsiya qilishga qaror qilish juda qiyin bo'ldi, lekin bu to'g'ri qaror edi. Aniq muddatni ayta olmayman.

Jezus? Unga jiddiy operatsiya kerak bo'ldi. U taxminan dekabr oyida jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlaydi," - dedi Arteta juma kungi matbuot anjumanida.