"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta tizzasidan jarohat olgan Noni Madueke haqida fikr bildirdi.

Avvalroq ingliz vingeri 2 oyga safdan chiqqani aytilgandi.

«Aftidan, Noni Madueke bir necha haftani o'tkazib yuboradi.

Katta ehtimol bilan, keyingi haftada u yana tekshiruvdan o'tadi», - dedi Arteta.