"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta markaziy himoyachi Per Inkapening jarohati haqida ma'lum qildi.

23 yoshli futbolchi "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tgan APL doirasidagi so'nggi o'yinda maydonga tushmadi.

Ispaniyalik murabbiyning so'zlariga ko'ra, yangi kelgan futbolchining sog'lig'ida muammolar bor. "Inkapening kichik jarohati bor, yaqin kunlarda uning holatini kuzatib borishimiz kerak. Operatsiyadan keyin u mavsumoldi mashg'ulotlarga to'liq o'tmadi.

Bir haftadan keyin uning o'zini qanday his qilishini ko'ramiz. Biz aniq prognoz ayta olmaymiz, ammo uning tiklanishi ko'p vaqt talab qilmaydi deb o'ylayman", - deya Artetaning so'zlarini keltirmoqda ingliz OAV.