Arteta Inkape transferiga baho berdi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining yozgi yangi transferlaridan biri ekvadorlik Pero Inkape haqida gapirdi.
"Bu biz yillar davomida kuzatgan o'yinchi va u endi biz bilan. Biz Yakub Kivyor bilan xayrlashdik va endi bizga bu pozitsiyada boshqa o'yinchi kerak edi. Bu futbolchi, ko'rinib turibdiki, katta tajribaga ega, shuning uchun biz uni ko'rishdan juda xursandmiz," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi "Arsenal" matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, Inkape yozgi transferlar oxirida "Arsenal" a'zosiga aylangan edi.