Arteta hujumni kuchaytirish yo'lini topdi

Londonning “Arsenal” klubi “Yuventus” futbolchisi Kenan Yildizga da'vogarlar qatorida qolmoqda. Turkiyalik hujumchi “kanonirlar”ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi.
Jurnalist Sasha Tavolerining bergan ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshli o'yinchini ingliz grandi safiga qo'shib olishni shaxsan bosh murabbiy Mikel Arteta istamoqda. “Arsenal” A Seriya yulduzi uchun taxminan 100 million evro taklif qilishga tayyor.
Bundan avvalroq “Yuventus” Kenan Yildizni sotish variantini umuman ko'rib chiqmasligi va uni jamoaning “dahlsiz” a'zosi deb hisoblashi haqida ko'p bor xabar berilgan edi. Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, Transfermarkt portalidagi bahosi 75 million evroni tashkil etadi.